Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh vaziri masjiddagi otishmani “qo‘rqoq hujum” deb atadi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kvebekda joylashgan masjiddagi otishmani “qo‘rqoq hujum” deb atadi va unda qurbon bo‘lganlar hamda ular oila a'zolari haqida o‘ylayotganini yozdi.
Avvalroq bir qator OAVlar Kvebekdagi madaniy markaz rahbariga asosan shaharda joylashgan masjidda yuz bergan otishma oqibatida besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi. Radio Canada radiostansiyasi ta'kidlashicha, Kvebekdagi islom madaniyat markazini shaharning “katta masjidi” deb atashadi.
“Bugun kanadaliklar Kvebekdagi masjidga uyushtirilgan qo‘rqoq hujum oqibatida halok bo‘lganlar xotirasini yod etmoqda. Men qurbonlar hamda ularning oila a'zolari haqida o‘ylayapman”, - deb yozdi Trudo Twitter’da.
Agentlik shuningdek otishmada ishtirok etgan uch nafar qurollangan noma'lum shaxs haqida ham xabar bergandi. Bu holat yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 20.00 da, kechki ibodat vaqtida sodir bo‘lgan.
Huffington Post Quebec gazetasining yozishicha, masjiddagi otishma tufayli ikki kishi hibsga olingan bo‘lishi mumkin. Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyida politsiya keng qamrovli amaliyot o‘tkazmoqda. Ularning aksariyat qismi “yaxshi qurollangan”.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025