Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada politsiyasi masjidda sodir etilgan otishmada qurbonlar borligini tasdiqladi
Kanadaning Kvebek shahridagi Islom madaniy markaziga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida bir necha kishi halok bo‘lganini huquq-tartibot idoralari tasdiqladi, deb yozmoqda Le Dovoir nashri.
Kvebek shahar politsiya xizmati vakili Eten Doyonning so‘zlariga ko‘ra, otishmani tashkil etishda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olingan. Shu bilan birga, u qurbonlar borligini aytar ekan, ularning soniga oydinlik kiritmagan.
«Menga aytishlaricha, bu yerda otishma bo‘lgan va jinoyatchi qurolini uch marta o‘qlashga ulgurgan. Menga, shuningdek, kamida besh kishi jinoyat qurboni bo‘lganini aytishdi», — deya Islom markazi rahbari Muhammad Yangi so‘zlarini keltiradi gazeta.
Bundan avvalroq, Reuters agentligi ham shu manbaga asoslangan holda 5 kishining hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
20:12 / 22.05.2025