Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy muhojirlik cheklovi joriy qilingan mamlakatlar tanlovini izohladi
Oq uy ma'muriyatining rasmiy vakili Shon Spayserning bayonot berishicha, prezident Donald Trampning immigratsiya qoidalarini kuchaytirish farmoni qisman sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining harakatlari bilan bog‘liq, deb yozmoqda The Hill nashri.
«Obama ma'muriyati, birinchi navbatda, aynan ushbu mamlakatlarni ko‘rsatdi», — degan Spayser ABC telekanaliga bergan intervyusida.
2016 yil fevralida Obama ma'muriyati vizasiz kirish dasturi bo‘yicha Liviya, Yaman va Somalini «xavotirlarga sabab bo‘layotgan» mamlakatlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Bungacha, Eron, Iroq, Suriya va Sudan ushbu ro‘yxatdan joy olgandi.
Shu sababli, aynan mazkur 7 mamlakat Tramp farmoniga kiritilgan.
Spayserning qayd etishicha, boshqa musulmon mamlakatlar bu ro‘yxatga kiritilmagan.
Avvalroq, Nyu-York shahrining sobiq hokimi Rudolf Juliani, Tramp undan qanday qilib qonuniy asosda musulmon mamlakatlari fuqarolarining AQShga kirishini ta'qiqlash mumkinligi haqida so‘raganini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025