Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Suriya va Venesuela o‘z suverenitetiga sodiqligi uchun bosimga uchramoqda
Suriya va Venesuela "milliy suverenitetiga sodiqligi va mustaqil tarzda qarorlar qabul qilgani uchun" tashqi aralashuv obektlariga aylandilar. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqotda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.
"Suriya va Venesuela G‘arb va uning sheriklari diktatiga bo‘ysunishdan bosh tortgani uchun haq to‘ladilar, ular bu uchun ularni barqarorsizlantirish va anarxiyaning tarqatilishi yo‘li bilan zaiflashtirishga qaratilgan tashqi bosimga uchramoqdalar", deb aytdi Asad.
Maduro Asad va Suriya xalqini "Suriyaga dushman davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashdagi muhim g‘alabalari" bilan tabrikladi. "Bu muvaffaqiyatlar o‘z rahbariyati atrofida jipslashgan suriyaliklarning matonati evaziga mumkin bo‘ldi", deb aytdi Maduro.
Maduro Venesuela Suriya tomonda qat'iylik bilan turishini aytdi va bu arab mamlakatida tinchlik va barqarorlikning tezda qaytishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025