Jahon | 23:21 / 31.01.2017
4227
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik kengashi Donbassdagi ixtilofning keskinlashuvini muhokama qiladi

Foto: RIA

BMT Xavfsizlik kengashi 31 yanvarda Donbassdagi ixtilofning keskinlashuvini yopiq tartibda muhokama qiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi Xavfsizlik kengashida raislik qiluvchi Shvetsiya vakili Olaf Skugga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.  

Skugning aytishicha, yig‘ilish Kiyev tashabbusi bilan chaqirtirilgan.

Avvalroq tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari Rossiya, Germaniya va AQSh yetakchilariga Donbassning Ukraina armiyasi tomondan o‘qqa tutilishini to‘xtatishda yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgandi.

Avdeyevka yaqinida bir necha kundan beri olib borilayotgan janglar 2015 yil avgustidan beri eng qaqshatqichlari bo‘lmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid