Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google eng ko‘p qidirilgan avtobrendni ma'lum qildi
Toyota markasi Google’da 2016 yil davomida eng ko‘p qidirilgan brendlar jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi. «Toyota»ni ro‘yxatda bo‘lgan 193 mamlakatning 74tasida hammadan ko‘proq izlashdi. Bunday ma'lumotlar Britaniyaning Quickco kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
Qidiruvlar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rin BMW’ga nasib etdi – nemis markasi 51 mamlakatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Uchinchi pog‘ona esa 17 mamlakatda eng ko‘p qidirilgan Hyundai kompaniyasiga tegishli bo‘ldi.

Quickco’ning ta'kidlashicha, atigi to‘rt davlatda qidiruvlar talabi miqdori bo‘yicha mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilari eng ommabop bo‘lgan: Germaniyada (BMW), Fransiyada (Renault), Shvetsiyada (Volvo) va Italiyada (Fiat). Amerikaliklar ko‘proq «Toyota»lar haqidagi ma'lumotni izlashgan bo‘lsa, yaponlar va Janubiy Koreya aholisi – BMW’ga qiziqish bildirgan.
Google’da faqat superkarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyani qidirgan yagona mamlakat Niger bo‘ldi. Bu yerda izlash qatoriga Bugatti markasi eng ko‘p tushgan.

Avvalroq Google kompaniyasi AQShdagi avtomobil qidiruv talablari takroriyligi bo‘yicha statistikani taqdim etdi. Bu reytingda birinchi o‘rin Honda, ikkinchi pog‘ona Mercedes-Benz, uchinchi band esa Tesla’ga nasib qildi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025