Jamiyat | 09:12 / 31.01.2017
14063
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Dunyodagi eng katta aviatexnika “qabristoni”

AQSh harbiy-dengiz kuchlari instituti rasmiy kanali dunyodagi aviatexnika bo‘yicha eng yirik “qabriston” tasvirlangan videoni taqdim etdi.

Foydalanishdan olingan jangovar samolyotlar kolleksiyasi Arizona shtatidagi Devis-Monter aviabazasida saqlanadi. Poligonga 309-ko‘mak va AQSh harbiy havo kuchlari havo texnikasini tiklash guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Videoyozuvga qoldirilgan izohlarda “qabriston” hududida besh mingta uchar qurilma joylashtirilgani, uning maydoni esa 10 kvadrat kilometrdan ortiqni tashkil etishi aytilgan.

Poligon tarixi 1949 yildan boshlangan bo‘lib, o‘shanda cho‘lga birinchi foydalanishdan olingan V-29 bombardimonchi samolyotlari yuborilgan.

Bazaga har yili taxminan 400ta harbiy texnika olib kelinadi. Foydalanishdan olingan samolyotlar yoki mayda qismlarga ajratiladi, yoki ularni xarid qilmoqchi bo‘lgan mamlakatlarga sotib yuboriladi.