Sport | 16:35 / 01.02.2017
6862
1 daqiqa o‘qiladi

Enrike Messi haqida emas, o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishini ma'lum qildi

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike kataloniyaliklar klubi rahbariyati futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishi masalasiga aralashmasligini aytib o‘tdi. Jurnalist unga Lionel Messining shartnomasi xususida savol bergandi.

«Men o‘z sog‘ligim haqida qayg‘uraman, Messining shartnomasi haqida emas. Boshqa futbolchlar bilan ham xuddi shunday. Men bu haqida avval ham aytgandim», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltirgan Marca.

OAVda oxirgi oylarda argentinalik futbolchining jamoa bilan shartnomasi uzaytirilishi masalasi paysalga solinayotgani haqida bot-bot yozilmoqda. Biroz oldinroq futbolchining otasi Xorxe Messi o‘z o‘g‘li klubni tark etmasligiga ishontirgandi. Messining amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yozigacha tuzilgan.

Mavzuga oid