Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportchilarda ko‘proq valyuta qoladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni xo‘jalik sub'yektlariga chet el valyutasi tushumini majburiy sotish tartiblariga o‘zgartishlar kirituvchi qaror chiqardi.
Avval markazlashtirilmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumlari 50 foizini sotishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mahsulotlar va xizmatlar eksportidan tushgan valyutaning faqatgina 25 foizi majburiy tartibda sotiladi.
16 turdagi mahsulot va xizmatning istisno tariqasida valyuta tushumi 50 foizini majburiy tartibda sotishi saqlanib qoladi. Bu ro‘yxatga bug‘doy, oltingugurt, tabiiy gaz va neftgaz sohasi boshqa mahsulotlari (shu jumladan tranziti), uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boshqa nometallar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar, metallokeramika va boshqalar kiritilgan.
Ro‘yxatga shuningdek aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikatsiya va bank xizmatlari kiritilgan.
Ma'lumot uchun, valyuta tushumini majburiy tartibda sotishdan tayyor mahsulotlarni eksport qiluvchi tekstil korxonalari, shuningdek o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi kichik biznes sub'yektlari ozod etilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
14:10 / 14.05.2025