Sport | 23:35 / 02.02.2017
6954
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Bundesliga yulduzini mavsum oxiriga qadar futboldan chetlatdi

«Bayyer» futbolchisi Hoqon Chalxono‘g‘li  FIFA tomonidan jazolandi. Sport arbitraj sudi qaroriga ko‘ra ushbu futbolchi 4 oy muddatga diskvalifikatsiya qilingan va endi mavsum oxiriga qadar futbol o‘ynay olmaydi. Shuningdek, unga 100 ming yevro miqdorida jarima qo‘llangan.

FIFA va CAS turk futbolchisini 6 yil oldin, 2011 yilda «Karlsrue» jamoasi a'zosi ekanida shartnoma majburiyatlarni bajarmaganlikda aybdor deb topgan. O‘shanda u «Trabzonspor» bilan shartnoma tuzgan, ammo yangi mavsum arafasida «Karlsrue» bilan shartnomani uzaytirgan, keyin esa «Hamburg»ga o‘tib ketgan. Chalxono‘g‘li 2014 yilning yozida 14,5 mln yevro evaziga «Hamburg»dan «Bayyer» safiga transfer qilingan.

22 yoshli bu futbolchi joriy mavsumda 22 uchrashuvda maydonga tushgan, 7 gol urib, shuncha golga assistentlik qilgandi. U Turkiya terma jamoasi safida 26 uchrashuv o‘tkazib, 8 golga muallif bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid