Fan-texnika | 15:16 / 02.02.2017
4341
1 daqiqa o‘qiladi

GM ishlab chiqarishini Kanadadan Meksikaga ko‘chiradi

Foto: CNN

Amerikaning General Motors konserni AQSh hukumati talablariga qaramay, krossoverlar ishlab chiqarish liniyasini Kanadadan Meksikaga ko‘chiradi. Amerika ma'muriyati avtomobillarni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarishni talab qilmoqda. 

2017 yil yanvar oyi boshlarida GM yangi GMC Terrain krossoverini Kanadada emas, Meksikadagi zavodida ishlab chiqarishni rejalashtirgani haqida ma'lum qilgan edi. Bir oydan so‘ng, 1 fevral kuni kompaniya Ontarioda 600dan ortiq ishchini qisqartirganini e'lon qildi. Bunga Chevrolet Equinox modelini Meksikaga ko‘chirish sabab bo‘lgan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlardan import qilinadigan avtomobillarga 20 foizlik boj joriy qilish bilan tahdid qilgan edi. AQSh ma'muriyati, shu yo‘l bilan, Amerika sanoati o‘sishiga turtki bermoqchi va yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rejalashtirgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid