Fan-texnika | 21:38 / 04.02.2017
10858
1 daqiqa o‘qiladi

Range Rover’ning birinchi avlodi hayotga qaytarildi

21 yil avval ishlab chiqarishdan olingan Range Rover modeli 1970-yillardagi komplektatsiyada chiqariladi.

Jaguar Land Rover nafaqat 10 ta Range Rover Classic mashinasini restavratsiya qiladi, balki ularni sotuvga qo‘yadi. Uch eshikli, 1978 yildagi komplektatsiyadagi, asl ehtiyot qismlar, 132 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatelli Range Rover’ni 135 000 funt sterlingga xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Jaguar Land Rover ustalari tomonidan restavratsiya qilingan ilk Range Rover Parijda 8-12 fevral kunlari o‘tadigan Rétromobile salonida namoyish qilinadi.

Mavzuga oid