Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi o‘qqa tutildi
Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi ikki marotaba minomyotlardan o‘qqa tutildi, deb xabar qilmoqda Rossiya TIV. Qurbonlar yo‘q.
"Hujum Jobar tumanidan nishonga olgan holda amalga oshirilgan. Bu hudud terrorchilar nazoratida, - deya aniqlik kiritishgan tashqi ishlar mahkamasida. – Minalardan biri elchixonaning idora va turarjoy binolari oralig‘ida, ikkinchisi elchixonaga asosiy kiraverishdan 20 metr uzoqlikda portlagan. Qurbonlar yo‘q. Biroq, moddiy talofat yetkazildi".
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, bu kabi g‘alamisliklardan maqsad, mamlakatdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish tartibini buzish va siyosiy muzokaralar jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sa'y-harakatlarni chippakka chiqarishdir.
"Bu jinoyat jazosiz qolmaydi, - deb ta'kidlagan Rossiya TIV. – Rossiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi qat'iy va murosasiz kurashish bo‘yicha prinsipial yo‘lni davom ettiradi".
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025