Sport | 01:05 / 05.02.2017
6333
2 daqiqa o‘qiladi

APL. Keynning goli «Tottenhem»ni 2-o‘ringa olib chiqdi

Angliya premer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Tottenhem» o‘z uyida «Midlsbro»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida Harri Keyn Song Xyong Minga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Maurisio Pochettino shogirdlari 50 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘ringa chiqib olishdi. Jamoa uchinchi o‘rinda borayotgan «Arsenal»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Midlsbro»da esa 21 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 15-pog‘onani egallab turibdi.

Angliya premer-ligasi, 24-tur

Tottenhem – Midlsbro 1:0 (0:0)
Gol:
Keyn (58, penalti).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Dembele, Vanyama, Alli (Uinks, 88), Dayyer, Eriksen, Keyn (Yanssen, 90), Son Xyn Min (Sissoko, 81).
Midlsbro: Valdes, Chembers, Fabio, Espinosa, Gibson, Forshou (Gediura, 62), Kleyton, Traore (Bemford, 79), de Ron, Dauning (Stuani, 62), Negredo.
Ogohlantirish: de Ron (38).

Mavzuga oid