Temir va po‘lat ishlab chiqarishning ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqildi
Xitoylik olim Xou Silun quyma temir va po‘lat ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini ixtiro qildi. Uning ta'kidlashicha, bu XXRni smogdan xalos qilishga imkon beradi. Bu haqida mutaxassis TASS nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Ko‘p yillar Xitoy ilmiy-tadqiqot birlashmasida ishlagan, oxirgi vaqtda esa o‘zining "Beytszin Silun" kompaniyasini yaratgan professorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10-15 yilda u yosh olimlar guruhi bilan hamkorlikda "yashil" po‘lat sanoatini yaratish g‘oyasi ustida ish olib borgan. Buni qanday amal oshirgani esa sir ekanligini aytgan.
Xou Silunning ta'kidlashicha, uning ishlanmasini nisbatan kichik fabrikada tadbiq qilish uchun taxminan 1,5 million dollar kerak bo‘ladi. "Agar gap gigant konsernlar haqida boradigan bo‘lsa, u yerda bir necha o‘n barobar ko‘proq pul sarflashga to‘g‘ri keladi", - dedi u.
Olim Xitoyning "kamar va yo‘l" ("Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari va XXI asrning dengiz yo‘li") dasturi, shuningdek Rossiya va Qozog‘istondagi ishbilarmonlar hamkorligiga umid qilmoqda.
Intervyu davomida tashqi ko‘rinishadan 65-70 yosh bo‘lgan professorning o‘tgan yili 83 yoshga kirgani ma'lum bo‘ldi. "Men sport bilan faol shug‘ullanaman: har kuni 3,2 kilometrga yuguraman, turli jismoniy mashqlarni bajaraman", - deya izoh berdi u.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024