Light | 17:23 / 06.02.2017
33619
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng sirli va betakror sharsharalari

Niagara, Iguasu, Viktoriya sharsharasi. Bular sayyoramizdagi eng g‘aroyib maskanlardan bo‘lsa kerak. Sayohat vaqtini oldindan rejalashtirilmasa, ularni ko‘p sonli sayyohlar orasidan suratga olish qiyin kechadi.

Kichik sharsharalar ham unutilmas taassurotlar qoldiradi, ayniqsa tumanli jungli, ulkan qoyalar va kakofoniya tovushlari tabiatning ajoyib mo‘'jizasi ekaniga ishonch hosil qilasiz. Bloomberg u qadar mashhur bo‘lmagan, lekin diqqatga sazovor sharsharalar haqida maqola taqdim etdi.

 

Ekvadorning tropik o‘rmonida jami 19 sharshara mavjud

Ekvadorning tuman bilan qoplangan tropik o‘rmonida sharsharalar ko‘p. Mahalliy kurortlardan birining gidlari 19 suv oqimidan iborat kaskadni aniqlashdi. Bu yerda har kuni olti kishidan iborat guruhlar ekskursiya qiladi. Barcha sharsharalar orasida eng betakrori Magnoliya bo‘lsa kerak, zero aynan shu yerda "tabiiy jakuzi" joylashgan.

 

Sumba orolining sirli sharsharalari, Indoneziya

Sumba — oddiy sayyohlar kamdan-kam hollarda boradigan Indoneziyadagi orollardan biri. Sharsharalar Va­nu­ka­ka vodiysidan 45 daqiqalik yo‘lda, orolning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan. Sayohatdan keyin asosiy manzil - 300 metrlik qoyalar kaskadigacha bir yarim soatlik yo‘l bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi, bu qoyalardan tushuvchi sharsharalar ko‘m-ko‘k ko‘rfazga quyiladi.

 

Kauai orolining Yura sharsharalari, Havayi

G‘alati nom, shunday emasmi? Biroq original nomini talaffuz qilish qiyin — Ma­na­va­io­pu­na. Sayyohlarga qulaylik tug‘dirish uchun sharsharalar nomi Stiven Spilbergning mashhur filmi sharafiga soddalashtirilgan. Bu sharsharalarni aynan uning filmi tanitgan. Yaqin vaqtgacha Yura sharsharalarini Kauai tog‘ining yuqori cho‘qqilarida joylashgani uchun ularni ko‘rishning mutlaqo iloji yo‘q edi. Endi esa u yerga vertolyotlarda chiqish mumkin. Gidlar sizlarni 120 metrli sharsharalarning asosiga olib borishadi va qayerdan betakror suratlarni muhrlash mumkinligini ko‘rsatishadi.

 

Orxon sharsharasi, Mo‘g‘uliston

Mo‘g‘uliston cho‘llari bo‘ylab otda kezib, bu yerda sharshara bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Qishda esa yanada noyob manzaraga guvoh bo‘lish mumkin, chunki Mo‘g‘uliston qorli mo‘'jizalar o‘lkasiga aylanadi, olti metrli Orxon esa muzlaydi. Biroq u aynan shu ko‘rinishda betakror manzara kasb etadi.

 

Balining "sirli" sharsharalari

Balining ko‘plab kurortlarida u qadar mashhur bo‘lmagan sharsharalar talaygina. Gidlarga murojaat qiling, ular sizni "sirli" ro‘yxat bilan tanishtirishadi. Ba'zan bu sharsharalarga yetish uchun jungli bo‘ylab piyoda yurishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun yaxshisi mahalliy kuzatuvchilardan birining xizmatlaridan foydalanganingiz ma'qul.

 

Machu-Pikchu sharsharalari, Peru

Inklarning sirli shaharlari yonida kam tanilgan ikki sharshara mavjud. Birinchi, nomsiz kaskad piyoda yo‘l oxirida (Inkaterra Machu Picchu Pueblo mehmonxonasi oldida), Aguas­ka­len­te­sda joylashgan. Gidlar sayyohlarni sirli yo‘l bo‘ylab olib borishadi va yo‘l-yo‘lakay inklargacha bo‘lgan davr petrogliflarini ko‘rsatishadi. Mehmonxona va Ma­chi-Pik­chu o‘rtasidagi yo‘lning yarmida ikkinchi sharshara - Man­dor joylashgan. Ma­chi-Pik­chuga sayohat bir necha soat davom etadi, unda sizlarga rang-barang to‘tiqushlar, yashil soykalar va so‘zamol gidlar hamrohlik qiladi.

 

Xellemobotn sharsharasi, Norvegiya

Eng mashhur sharsharalar balandligi bilan ajralib turadi, bunisi esa Norvegiyaning eng chekka shimolida joylashgan bo‘lib, o‘zining gorizontalligi bilan diqqatga sazovordir. Yaqinda gidlar sharshara asosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boruvchi tikka yo‘lni topishdi. Shunday ekan, endi bu "qaynoq" suv oqimlarini yaqindan kuzatish imkoni mavjud.

 

Piknik sharsharasi, Tailand

Sharshara ostida piknik uyushtirish - tavakkalga asoslangan g‘oya. Biroq Tailandning odam kam yashovchi Ko Kud orolida joylashgan hashamatli kurortlardan biri mehmonlarga ajoyib tungi uchrashuv o‘tkazishni taklif qiladi. Kichik kaskad oldida ikki kishi uchun romantik uchrashuvga buyurtma berish mumkin, sharshara tomchilari bu yerda kechki  taomdan bahramand bo‘lishga xalaqit bermaydi.

Mavzuga oid