Jamiyat | 16:37 / 07.02.2017
20123
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik ayol 6 nafar go‘dak tanasini shkafda saqlagani ma'lum bo‘ldi

Kanadalik sudya olti nafar farzandining tanasini shkafda saqlagan ayolga ayblov qo‘ydi. DailySabah shu haqida xabar berdi. 

Shu haftada 43 yoshni qarshilaydigan Andrea Gisbrechtga olti punkt bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Uning shkafidan badbo‘y hid taratayotgan olti go‘dak tanasi topilgan. 

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu 34-40 haftalik 5 nafar o‘g‘il bola va 1 qiz bola tanasi bo‘lgan. Chiqindi idishidan plastik konteynerlar, chelaklar, bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlar topilgan. 

Bir bolaning qoldiqlari beton orasiga yashirilgan, boshqasi esa yuvish vositasida bo‘lgan, ularning o‘limi sababini aniqlashning iloji yo‘q edi. 

DNK natijalariga ko‘ra, barcha go‘daklar Gisbrecht va uning eriga tegishli bo‘lgan.

Ayolning advokatlari u qoldiqlarni yashirmagani, aksincha saqlab qo‘ymoqchi bo‘lganini ta'kidlashgan. 

Juftlikning ikki nafar farzandi bor. 

Har bir bola uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin. 

Hozirda Gisbrecht garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan va hukm e'lon qilinishini kutmoqda. 

Ayolning yaqin dugonasi uning faqat ikki farzandiga homiladorligini bilgani haqida ma'lum qilgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid