Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada daromadlarning pasayishi qurilish sohasi inqirozini chuqurlashtirmoqda
Anatoliy Yaroslavtsev "Daromadlarning pasayishi rossiyaliklarni uy-joysiz qoldiradi" («Nezavisimaya gazeta», 30.01.17) maqolasida Rossiyada yangi uy-joylarga bo‘lgan talab kamayayotgani va bu qurilish sohasi inqirozini yanada chuqurlashtirayotganini ta'kidladi.
2016 yil yakunlariga ko‘ra, uy-joy qurilishi 6,5 foizga kamaygan. Qurilishlar birgina sabab bilan to‘xtab qolmoqda - daromadlarning so‘nggi ikki yilda deyarli ikki barobarga pasayishi fuqarolarga turar-joyga mablag‘ to‘plash uchun imkon bermayapti. Bundan tashqari, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik pasaymoqda. 2015 yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2016 yilda 1,1 foizga kamroq yangi kvartiralar bunyod etilgan.
Tahlilchilar ko‘chmas mulk bozoridagi salbiy dinamikaning asosiy sababi iqtisodiyotda cho‘zilib ketgan inqiroz, aholi daromadlarining pasayishi, mehnat bozoridagi turg‘unlik ekanligini qayd etishmoqda. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholining real daromadlari pasayishi deyarli 6 foizni tashkil qilgan, 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 3,2 foizdan iborat bo‘lgan. Aholi daromadlari qanchalik past bo‘lsa, yirik xaridlar, shu jumladan uy-joyga mablag‘ to‘plash shunchalik qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, ipoteka krediti ham muhim omil hisoblanadi.
Biroq ekspertlarning bir qismi birlamchi bozordagi ijobiy dinamikaga ishora qilishmoqda. 2016 yilning ilk uch choragida 440 ming ulush ishtiroki muzokaralari qayd etilgan. Bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 429 mingni tashkil qilgan. O‘tgan yillarga qiyoslaganda ipoteka bozorida ijobiy tendensiya kuzatilgan. Moskvada ipoteka zayomlarini berish 16 foizdan ko‘proqqa oshgan. Asosiy sabab - rubl kursining mustahkamlanishi va kredit foizini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega MB asosiy stavkasining pasayishi.
2017 yilda RF uy-joy bozorida qayta tiklangan tendensiyalar taraqqiy etadi. Eng avvalo, birlamchi bozordagi xaridorlar faolligi oshadi.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025