300 kilogramm vaznli kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatildi
Sharjalik o‘t o‘chiruvchilar 300 kilogramm vaznli kishini uning uyidagi balkon eshigidan olib chiqib, keyin yong‘in yo‘lakchasidan olib tushishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqida GulfNews xabar berdi.
300 kilogrammli erkak shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan, ammo u vazni bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘zi yashayotgan kvartiradan chiqa olmagan.
Shundan so‘ng uning oila a'zolari Sharja fuqarolik mudofaasiga yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Sharja Fuqarolik mudofaasi bosh direktori, polkovnik Sami Xamis An-Naqbiyning ta'kidlashicha, ular dushanba kuni erkakning oila a'zolaridan yordam so‘ralgan murojaatni qabul qilishgan. Unga ko‘ra, bemorni uydan olib chiqib, shifoxonaga yetkazish kerak bo‘lgan.
Vaqt tig‘iz edi, chunki oila a'zolari erkakning ahvoli tobora og‘irlashib borayotganini aytishgan, shu bois u shifoxonada ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj edi.
Bemorning yoshi va uning sog‘lig‘iga oid aniq muammolar oshkor qilinmagan.
Fuqarolik mudofaa jamoasi unga yordamga yetib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, u ko‘p qavatli uyning 4-qavatida istiqomat qilgan.
O‘t o‘chiruvchilar bemorni uyidan balkon orqali olib chiqish uchun yong‘in yo‘lakchasidan foydalanishgan.
Qutqaruv amaliyoti kechki soat 18:00 atrofida boshlangan va taxminan 90 daqiqada nihoyasiga yetgan.
Uni muvaffaqiyatli yerga olib tushishganidan keyin u tez yordam mashinasida Al-Qosimiy shifoxonasiga yetkazilgan.
Mavzuga oid
13:00 / 19.10.2024
G‘azoga 3 oy ichida birinchi marta havodan gumanitar yordam tashlandi
17:06 / 29.09.2024
Tataristonda og‘ir avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi va uning onasi vatanga qaytarildi
08:20 / 19.09.2024
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi
08:30 / 11.09.2024