Jahon | 00:54 / 08.02.2017
5385
2 daqiqa o‘qiladi

Somali poytaxtida prezident saylovlari arafasida 3 ta portlash yuz berdi

Foto: Reuters

Somali poytaxti Mogadishoda mamlakat prezidentini tanlash bo‘yicha parlament saylovlari arafasida 3 ta portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Guvohlarning ta'kidlashicha, portlash ovozlari minalar portlashiga o‘xshash bo‘lgan. Hozircha voqea oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Shuningdek, birorta guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni  o‘z zimmasiga olmagan.
  
8 fevralda Mogadishoda prezident saylovlari bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, somalilik deputatlar mamlakat aeroportida yig‘ilib, ovoz berish yo‘li bilan yangi prezidentni tanlaydilar. Shu munosabat bilan aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.  

Shuningdek, shaharda ham xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Avvalroq xavfsizlik nuqtai nazari sababli saylovlar bir necha marotaba keyinga qoldirilib kelinayotgandi.

Somalining qolgan qismlari tan olinmagan tuzilmalar nazorati ostida qolmoqda yoki o‘zini-o‘zi boshqaruvchi hududlar hisoblanadi. Mamlakatning janubi va shimolida mahalliy jamoalar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi. 

Mavzuga oid