Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas "Tesla" kompaniyasini plagiatda aybladi
Adidas kompaniyasi Tesla Model 3 elektromobili logotipi plagiat hisoblanishini ma'lum qildi. Kompaniya fikricha, mashinaga berilgan uchta tasmachali emblema uning logotipiga juda o‘xshashdir. Kompaniya vakillari bu masala bo‘yicha tegishli idoralarga rasmiy noroziliklarini bildirganlar.
Hujjatlarda ko‘rsatilishicha, Adidas ushbu logotipdan 1952 yildan foydalanib keladi. Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniyaning arizasida ta'kidlanishicha, Model 3 mashinasi logotipi nemis kompaniyasi logotipining "aynan o‘zi yoki unga juda o‘xshashdir".
Geek Wire’ning yozishicha, "Tesla" kompaniyasi bu shikoyatga munosabat bildirib, o‘z modeli emblemasini uchta tasmachadan "3" raqamiga o‘zgartirgan. Buni tvitterda kompaniya rahbari Ilon Mask ham tasdiqlagan.
Tesla Model 3’ning sotuvga mo‘ljallangan ilk nusxalari 2018 yildan keyin paydo bo‘ladi. Elektromobilning seriyaoldi prototipi 2016 yil aprelda namoyish qilingan. Ma'lum qilinishicha, "Tesla"ning bu eng kichik o‘lchamli elektrokarida 100 kilovatt-soat hajmga ega batareya uning g‘ildiraklar bazasi imkon bermasligi sababli qo‘llanmaydi.

Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
21:49 / 08.05.2025
Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi
22:26 / 09.04.2025
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi
20:29 / 31.07.2024