Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Suriyadagi reyd davomida Bin Lodinning ittifoqdoshi o‘ldirildi
AQSh qurolli kuchlari Suriyadagi bombardimon vaqtida Al-Qoida terrorchi tashkilotining 11 nafar a'zosi, shu jumladan "veteran"ning o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi.
Pentagon 3-4 fevral kunlari Idlib yaqinida amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida Al-Qoida veteranlaridan biri Abu Xaniy Al-Masriyning ham halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Al-Masriy 1980-1990-yillardan buyon Al-Qoida tashkiloti safida guruhlarning o‘quv mashg‘ulotlarini nazorat qilgan va tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin hamda hozirgi yetakchi Ayman Az-Zavaxiriy bilan ishlagan.
Pentagon bayonotida ta'kidlanishicha, "u keyinchalik butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab terrorchilarni qabul qilgan, ularga turli g‘oyalarni singdirgan, o‘rgatgan va qurol bilan ta'minlagan".
AQShning Suriyadagi hujumlari asosan IShIDga qaratilgan, biroq so‘nggi oylarda Amerika Al-Qoidaga qarshi hujumlarini ham kuchaytirgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025