Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada birinchi marta shamol elektr stansiyalari quvvati ko‘mir quvvatidan oshdi
2016 yilda Yevropada o‘rnatilgan shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati ko‘mirda ishlovchi issiqlik elektr stansiyalari quvvatidan oshib ketdi. Bu haqda WindEurope ma'lumotlarida aytilgan.
Shu tariqa, mintaqada shamol elektr stansiyalari quvvati 153,7 gigaVatt.ni tashkil etgan bo‘lsa, ulardan olingan elektr energiyasi Yevropa mamlakatlarida iste'mol qilinuvchi barcha elektrning 10,4 foiziga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, bir yil davomida sohaga kiritilgan investitsiyalar 4 foizga o‘sib, 27,5 milliard yevroni tashkil etdi.
Ta'kidlanishicha, shamol energetikasiga eng ko‘p e'tibor hamon Germaniya tomonidan qaratilmoqda, keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bormoqda.
Avvalroq Niderlandiyadagi barcha poyezdlar shamol kuchi orqali ishlab chiqariluvchi elektr ta'minotiga butunlay o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
14:23 / 17.05.2025