Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Ruminiya Rossiya uchun yaqqol tahdidga aylandi
Ruminiya, uning hududida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimlari paydo bo‘lishi bilan Rossiya xavfsizligiga ochiq xavf sola boshladi. Bu haqda Rossiya TIV to‘rtinchi Yevropa departamenti direktori Aleksandr Botsan-Xarchenko bayonot berdi.
«Ruminiya pozitsiyasi, mamlakatni forpost (chegara, frontning oldingi nuqtasi)ga aylantirgan Ruminiya rahbariyati qarashiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu biz uchun ochiq tahdiddir. Ruminiya tomoniga bu haqda ma'lum qilingan, shu jumladan, oshkora ham», — degan Botsan-Xarchenko “Interfaks” agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror, birinchi navbatda, Rossiyaga qarshi qaratilgan.
Rossiya TIV vakilining aytishicha, Buxarest tomonidan “Rossiyaga qarshi oshkora, rusofob qarash namoyish etilgan”.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg RQM tizimlarini rivojlantirish zarurati xususida so‘z yuritgan edi.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
08:40 / 13.05.2025