Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh-Meksika o‘rtasida quriladigan "Tramp devori" hisoblab chiqildi
AQSh prezidenti Donald Trampning Meksika bilan chegaralarda barpo etishni rejalashtirgan devori Amerika soliq to‘lovchilariga 21,6 mlrd dollarga tushadi. Tramp ushbu devor vositasida mamlakati xavfsizligini ta'minlash niyatida. Bu haqda Reyter agentligi ichki xavfsizlik vazirligiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, bu devor va to‘siqlarning to‘liq tizimi bo‘ladi. Rejaga muvofiq, davlat chegarasi shu yo‘l bilan 2 ming kilometrlar masofada aniq shaklni kasb etadi. Taxminlarga ko‘ra, barcha ishlar 2020 yilgacha yakunlanadi.
Avvalroq, Tramp Meksikadan AQShga noqonuniy muhojirlar oqimi va giyohvand moddalari bilan savdo qiluvchi jinoiy guruhlar faoliyatiga barham berish uchun devor qurish zarurligini aytgan edi. Prezident, shuningdek, devor uchun vatandoshlari pul to‘lamasligini, balki Meksika hisobidan qurilishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025