Jahon | 08:09 / 10.02.2017
6751
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Afg‘oniston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi

Foto:RIA

AQSh va Afg‘oniston rahbarlari Donald Tramp hamda Ashraf G‘ani o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Tramp "Amerika-afg‘on strategik hamkorligining muhimligini qayd etib, milliy birlik hukumatini qo‘llab-quvatlashini izhor qilgan".

"Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash hamda iqtisodiy rivojlanish sohalarini mustahkamlash imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishdi", — deyiladi xabarda. 

Oq uyga ko‘ra, Tramp "Ashraf G‘ani bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘lib turishiga ishonch bildirgan".

Mavzuga oid