Fan-texnika | 17:59 / 10.02.2017
8371
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Tsukerberg Oculus VR virtual reallik laboratoriyasini ko‘rsatdi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg o‘z sahifasida Oculus VR tadqiqot laboratoriyasidan olingan bir necha fotosuratni taqdim etdi. Kompaniya virtual reallik texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya Vashington shtatidagi Redmond shahrida joylashgan. Uning mutaxassislari optik texnologiyalar, ko‘zlar harakatini kuzatib turish tizimlari, aralashgan reallik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlaydi. Jamoaga sobiq o‘yinlar dasturchisi va Valve xodimi Maykl Abrash rahbarlik qiladi. U Oculus VR’ga 2014 yilda kelib qo‘shilgan.

Tsukerberg surat chizish, virtual klaviaturada matnlar kiritish va «hattoki o‘rgimchak-Inson kabi o‘rgimchak to‘rini otishi mumkin bo‘lgan» maxsus qo‘lqoplarni ko‘rsatdi.

Jamoa tovush tajribalarini o‘tkazish maqsadida ikkinchi aks-sado bermaydigan kamerani qurmoqda – Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bu «dunyodagi eng tinch joy bo‘ladiki, unda yuragingiz urishini ham eshitishingiz mumkin bo‘ladi».

Kichik detallarni ishlab chiqarish uchun kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hammasini tozalikda saqlash lozim, deb yozadi Tsukerberg. U maxsus toza xona haqida so‘z yuritgan.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriyada yangi turdagi linzalar va qurilmalar yaratishda olmosga ishlov berish bo‘yicha texnologiya qo‘llaniladi. 

Mavzuga oid