Sport | 09:18 / 10.02.2017
21909
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik kikbokschi raqibi zarbasiga "Matritsa" uslubida chap berdi

Qirg‘izistonlik taniqli kikbokschi Rafael Fiziyev janglardan birida tailandlik raqibi Sorgo Petindining zarbasiga mashhur "Matritsa" filmi bosh qahramoni Neo uslubida chap berdi. Bunga YouTube’da chop etilgan videodan guvoh bo‘lish mumkin.

Kikbokschi zarbadan qochish uchun o‘zining tanasini deyarli 90 gradus burchakka orqaga tashlagan.

Qirg‘iz bunday antiqa "chap berishlarga" qaramasdan, jangni boy bergan.

Mavzuga oid