Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple rahbari: “Biz Britaniyaga ishonamiz, u bilan hammasi yaxshi bo‘ladi”
Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan keyingi taqdiri xavotirli emas, deya ma'lum qildi Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk.
"Biz Britaniyaning kelajagiga ijobiy kayfiyat bilan qaramoqdamiz hamda mamlakatda qolamiz. Biz Britaniyaga ishonamiz, u bilan hammasi yaxshi bo‘ladi... Biroq Brexit’ga bo‘lgan yo‘lda turli g‘ovlar ham paydo bo‘lishi mumkin", - deya aytib o‘tdi Kuk Britaniyaning iTv telekanaliga bergan intervyusida.
Apple rahbari ayni damda Londonda bo‘lib turibdi. U Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, London hokimi Sodiq Xon bilan uchrashdi, shuningdek, shahardagi maktablardan biriga tashrif buyurdi.
Kuk Apple Londonda katta ofis ochishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. U Temzaning janubiy qirg‘og‘idagi Battersi tumanida joylashadi. Ayni damda Londonda Apple’ning taxminan 1,4 ming xodimi ishlaydi, ular shahardagi sakkizta ofisda mehnat qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi bino uch mingga yaqin xodimni o‘z ichiga sig‘dirishi mumkin.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
10:39 / 20.05.2025