Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning qariyb 3,5 mln aholisi 2017 yilda qashshoq hududlardan ko‘chiriladi
Xitoy hukumati joriy yilda mamlakatning eng qashshoq tumanlarida yashovchi 3,4 million kishini boshqa joyga ko‘chirmoqchi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Bunday chora Xitoyda qashshoqlikni tugatish bo‘yicha Davlat rivojlanish va islohotlar qo‘mitasi dasturi bilan o‘tkazilmoqda. Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilda Xitoyning 22 viloyatidagi qishloq joylardan shaharlarga 2,49 million kishi ko‘chirilgan. Fuqarolar uy-joy bilan ta'minlanib, transport va ijtimoiy infratuzilmadan keng foydalanmoqda.
Xitoyda hammasi bo‘lib transport borishi muammo bo‘lgan, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasi juda past hisoblangan aholi punktlarida 45 million kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025