Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MMA jangchisi bo‘lajak raqibi davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi
Kubalik MMA jangchisi Yoel Romero bo‘lajak raqibi – angliyalik Maykl Bispingning davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi.
«Bu Maykl, unga men bilan 2017 yilning mayida uchrashganidan so‘ng davolanishi uchun mablag‘ kerak bo‘ladi. Ishonchim komilki, pullar unga kerak bo‘ladi, axir uning oilasi bor, men uning uchun juda ham qattiq xavotirdaman. Iltimos, unga yordam berishga harakat qiling. Barcha yig‘ilgan mablag‘lar uning tiklanishi va faoliyatini yakunlashi munosabati bilan tashkil etiladigan bazmga sarflanadi», - deb yozdi Romero.
Romero va Bisping o‘rtasidagi jang UFC 211 musobaqasi doirasida may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Angliyalik o‘rta vazndagi mutlaq jangchilar chempionati kamari sohibi sanaladi.
37 yoshli Bisping faoliyati davomida 37 jang o‘tkazib, 30tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Romero 12 jangda qatnashib, 11 bora zafar quchgan.
Mavzuga oid
11:15 / 19.01.2024
Qozog‘istonda taniqli MMA jangchisi otib ketildi
16:47 / 08.01.2023
Habib Nurmagomedov MMAdan butunlay ketdi
01:34 / 03.11.2020
«Bunday qo‘llab-quvvatlashni hatto AQShda ham topish qiyin» – Xaver Mendes O‘zbekistondagi MMA haqida
16:12 / 14.08.2020