Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini: AQSh Moskvaga qarshi sanksiyalarini saqlab qolishi dargumon
Yevropa va AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasidagi nuqtai nazari, ehtimol, yakdil bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federiko Mogerini Vashingtonga safari chog‘ida bayonot berdi.
«Biz sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘liq ijro etilgunicha zarur, degan fikrga qo‘shilamiz. Kelishuv bandlari bajarilmas ekan, sanksiyalar kuchida qoladi. Biroq bu yagona pozitsiya bo‘lib qolayotganiga ishonchim komil emas», — degan Mogerini.
Uning qayd etishicha, har qanday holatda ham AQShning bu masalaga yondashuvi Yevropaning qarashini o‘zgartira olmaydi.
«Yevropaliklar yakdil. Bilmayman, amerikaliklar yagona qarashni himoya qilishadimi, yo‘qmi, ammo biz ortga chekinmaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan YeI oliy komissari. Bungacha u Oq uyda va davlat kotibi Reks Tillerson bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Mogerinining bu bayonotiga, rossiyalik senator Aleksey Pushkov o‘z fikrini bildirgan. «Mogerinining aytishicha, YeIdan farqli o‘laroq, AQShning sanksiyalarni saqlab qolish borasida qat'iyatiga ishonchi komil emas. Biroq YeI temirbetonli tashkilot emaski, unda ham turli qarashlar bo‘lmasa», — deb yozgan Pushkov Twitter sahifasida.
AQSh va YeI 2014 yildan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni qo‘llab keladi. Ular Ukrainadagi voqealarga javoban joriy qilingan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025