Jamiyat | 16:20 / 11.02.2017
12695
1 daqiqa o‘qiladi

Video: AQShda kuchli shamol yuk mashinasini politsiya avtomobili ustiga ag‘dardi

AQShda kuchli shamol tufayli ag‘darilgan yuk mashinasiga doir videolavha ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketmoqda. U ikkinchi politsiya mashinasidagi videoregistrator vositasida suratga olingan.

Hodisa Amerikaning Vayoming shtatida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soatiga 112 kmga yetgan kuchli shamol yuk avtomobilini qo‘shni yo‘lakda turgan politsiya avtomobili yoniga kelganida ag‘darib yuborgan. 

Yaxshiyamki, bu lahzada politsiya mashinasida hech kim bo‘lmagan. Xabarlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi ham jabrlanmagan. 

Mavzuga oid