Jahon | 16:37 / 12.02.2017
7971
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya rus xakerlari hujumlari soni oshgani haqida ma'lum qildi

Buyuk Britaniyada Rossiyadan xakerlar hujumi hajmi ortgani qayd etildi. Bu haqda Milliy kiberxavfsizlik markazi rahbari Kiaran Martin ma'lum qildi.

Muassasa rahbarining qayd etishicha, har oyda Buyuk Britaniyada 60ga yaqin kiberhujumlar aniqlanmoqda. Uning uqtirishicha, bu hujumlarning aksar qismi Rossiyaga aloqador xakerlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

The Sunday Times xabariga ko‘ra, xakerlar Buyuk Britaniya Mudofaa sohasi va tashqi siyosatiga oid ma'lumotlarni qo‘lga kiritishga urinmoqda.

Martinning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda mahalliy universitetlar va xayriya tashkilotlariga kiberhujumlar soni ortgan. Taxmin qilinishicha, xakerlar shu yo‘l bilan xodimlarga tegishli ma'lumotlar yoki tadqiqotlar natijalarini o‘g‘irlamoqchiligi taxmin qilinmoqda.

O‘tgan yili Rossiya tomonidan AQShdagi saylovlarga kiberhujumlar uyushtirilgani va saylov natijalariga ta'sir o‘tkazilgani bo‘yicha ayblovlar bo‘lgandi.

AQSh rasmiylari go‘yoki Rossiyaga aloqador xakerlar The New York Times gazetasi va Amerikaning boshqa OAVlari jurnalistlarining kompyuterlariga hujum qilgan deb hisobladi. Federal qidiruv byurosi va Amerikaning boshqa agentliklari kompyuter tizimlariga bostirib kirishlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib bordi.

Shu yilning fevralida rus xakerlari Italiya, Germaniya va Niderlandiya hukumatlariga hujumlar qilgani haqida xabarlar tarqatildi. Rossiya tomoni esa boshqa mamlakatlardan bo‘lgan 70 milliondan ortiq kiberhujumlar haqida ma'lum qildi.

Bundan tashqari, o‘tgan yil dekabrida rossiyalik xakerlarning Fancy Bear sifatida mashhur bo‘lgan APT28 guruhi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ga kiberhujumni amalga oshirgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid