Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO rus saytlarini soxta xabarlar tarqatishda aybladi
NATO Rossiyani o‘z nazoratidagi OAV orqali soxta axborotlar tarqatib, eskalatsiya kampaniyasi olib borishda aybladi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi matbuot kotibi Oanu Lungeskuga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«NATO Rossiya propagandasi sezilarli darajada o‘sganini qayd etdi. Bu 2014 yilda Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi ortidan ro‘y berdi», — degan Lungesku xonim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO va Yevropaning rasmiy shaxslari Rossiya televideniyesi va internet saytlari orqali soxta xabarlar keng ko‘lamda tarqatilishi tufayli aziyat chekishmoqda hamda xavotirlanishmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday ish bilan Sputnik va RT nashrlari shug‘ullanmoqda. Lungesku xonimning so‘zlariga ko‘ra fevral oyida ham Life portali dezinformatsiyaga (yolg‘on xabar tarqatish) qo‘l urdi. O‘shanda NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenbergning o‘zini Ukraina prezidenti Petro Poroshenko sifatida ko‘rsatgan prankerlar Leksus va Vovan bilan gaplashgani haqida xabar berilgandi.
«Bunday muloqot hech qachon bo‘lmagan, bu dezinformatsiyaga yaqqol misol», — degan NATO vakili.
Kreml, Rossiya hukumati, Sputnik, RT va Life nashrlari Lungeskuning bu ayblovlariga munosabat bildirishmadi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
19:07 / 14.05.2025
Prezident maktablarining PISA'dagi ishtiroki umumiy natijalarga katta ta’sir qilmaydi – Andreas Shlyayxer
21:39 / 28.04.2025