Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple'ning iPhone 8 smartfoniga Samsung displeyi o‘rnatiladi
Apple kompaniyasi 2017 yilda taqdim etiladigan iPhone qurilmalari uchun Samsung Display'ga 60 million OLED-panel buyurtma qildi. Shartnoma qiymati 5 trillion koreya vonini (4,3 milliard dollar) tashkil qildi. The Investor shu haqida xabar berdi.
Samsung Display Apple'ning asosiy displey yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. Shuningdek u dunyodagi eng yirik OLED-displey ishlab chiqaruvchisi hamdir - u bozorning 95 foizidan ortig‘ini egallagan. Manbaga ko‘ra, har bir matritsa Apple'ga 71 dollardan tushmoqda. Taqqoslash uchun - iPhone 7'ning IPS-matritsalari, norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 40 dollarcha bo‘lgan.
Sharp bosh direktori Tay Jyen-vu iPhone 8 qurilmalari OLED-displeyga ega bo‘lishini tasdiqladi. Uning ta'kidlashicha, smartfonlarda LTPS-panellarni qo‘llashdan voz kechish - Apple'ning innovatsion mahsulot yaratish istagini amalga oshiruvchi yagona yo‘ldir. OLED-displey LTPS-displeydan kamroq energiya iste'mol qilishi, yuqori kontrastliligi va moslashuvchi ekran yaratish imkoni mavjudligi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025