Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Afg‘onistonda koalitsiya bergan aviazarbada 18 fuqaro halok bo‘lganini tasdiqladi
BMT 9 fevralda Afg‘onistonning Gilmend viloyatida toliblar joylashgan yerga xalqaro koalitsiya bergan aviazarba oqibatida kamida 18 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgani haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Amerikalik harbiy mansabdor shaxslar o‘sha hujumda AQSh samolyotlari havodan 30 ga yaqin zarba berganini ma'lum qilishgan. Hujumdan keyin Pentagonning o‘zi BMTga operatsiya oqibatlarini tergov qilishni boshlash iltimosi bilan murojaat qilgan.
Shu bilan birga BMTda odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan zarbani qaysi davlat samolyotlari bergani noma'lum ekanligi aytilgan. Halok bo‘lganlar oila a'zolari koalitsiya rahbariyatidan ushbu vaziyat yuzasidan tushuntirish berishni talab qilishgan.
Avvalroq NATO "Tolibon"ning odamlar halok bo‘lgani haqidagi xabaridan keyin tergov o‘tkazishga va'da bergan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025