Iqtisodiyot | 17:56 / 13.02.2017
7020
2 daqiqa o‘qiladi

Financial Times: “Neft konlarini topish tobora qiyinlashib bormoqda”

O‘tgan 2016 yil topilgan neft va gaz konlari bo‘yicha eng qashshoq bo‘ldi – atigi 174. O‘tgan oltita o‘n yillik davomida bu ko‘rsatkich yiliga o‘rtacha 400-500tani tashkil etgandi. Bu haqda Financial Times nashri Amerikaning IHS Markit konsalting firmasi hisobotiga asosan xabar berdi.

Neftgaz kompaniyalari qidiruv ishlariga investitsiyalar hajmini pasaytirishdi. Bundan tashqari, yirik konlarni topish yil sayin murakkablashib bormoqda, deb aniqlik kiritishdi ekspertlar. Ular o‘tgan yili topilgan zaxiralarning umumiy miqdorini neft nisbatida 8,2 milliard barrelga baholashgan.

FT’ning ta'kidlashicha, kon topilishi hamda undan qazib olish ishlarining boshlanishiga o‘rtacha besh-yetti yil muddat ketadi. Shuning uchun neft qidiruvidagi inqiroz energotashuvchilarga yaqin o‘n yil davomida ortib boruvchi talab Amerika slanets nefti yordamida ta'minlanishiga olib keladi.

Asosiy qidiruv burg‘ulash ishlari dengiz shelfida olib borilayotgan bo‘lib, u yerda har bir quduqning qiymati 150 million AQSh dollariga teng, deb ta'kidlaydi nashr. Shu bilan bir qatorda, har beshta quduqdan atigi bittasi omadli bo‘lib chiqadi.

Slanets minorasi esa 4-10 million dollarga baholanadi hamda bir necha hafta davomida qazib olish ishlarini boshlashi mumkin. "Aftidan, neftni qoyadan olish yengilroq ko‘chadi", - deya ta'kidlab o‘tdi tahlilchi Bob Frayklend.

Wood Mackenzie konsalting kompaniyasiga ko‘ra, 2017 yilda butun dunyo bo‘ylab hammasi bo‘lib 500ga yaqin quduq qaziladi. 

Shuni e'tiborliki, o‘tgan yilda topilgan ikkita konning har ikkisi ham AQShda aniqlandi, deb ta'kidlaydi FT.

Sayyora tubi: yerdagi eng chuqur quduqlar

Mavzuga oid