Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurashchi peshonasi bilan mix "qoqish" bo‘yicha rekord qayd etdi
Professional restler Jon Ferraro Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. U ikki daqiqa davomida boshi bilan 38 mixni “qoqishga” muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda UPI agentligi xabar berdi.
Sportchi Italiyadagi Lo Show Dei Record teleshousida rekord o‘rnatgan. Guinness World Records tomonidan 10-fevral kuni taqdim etilgan videoga ko‘ra, u mixlarni peshonasiga maxsus himoya vositasini taqib olgan holda taxtaga qoqib chiqqan.
Biroz vaqt muqaddam Ferraro yana ikkita rekord o‘rnatgandi: peshonasi yordamida bir daqiqa ichida “qoqilgan” maksimal miqdordagi mixlar (13) va boshida uch daqiqa davomida eng ko‘p beton bloklarni yorish bo‘yicha (45).
Aniqlik kiritilishicha, restlerning bosh miya suyagi oddiy kishilarnikiga qaraganda ikki bora qalinroq. Ferraro o‘z chiqishlari vaqtida boshi bilan beysbol tayoqlarini ikkiga sindirib tashlaydi hamda 4,5 metrlik balandlikdan tashlangan bouling to‘plarini ensasi bilan ushlab qoladi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025