Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Maxfiy xizmat rahbari lavozimini tark etadi
AQSh maxfiy xizmat rahbari Jozef Klensi 4 mart kuni o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga asoslangan holda AVS telekanali xabar tarqatdi.
AQShning yuqori martabali shaxslari xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadigan xizmat rahbarligiga Klensi 2015 yilda tayinlangandi.
Oxirgi yillarda Maxfiy xizmat Oq uy hududiga bir necha marta begonalar bostirib kirishga urinishi tufayli ko‘p marta tanqid qilindi. Shuningdek agentlar xulqi bilan bog‘liq mojarolar ro‘y berdi.
Klensidan avvalgi rahbar Juliya Pirson mamlakat fuqarosi Omar Gonsales pichoq bilan qurollangan holda Oq uy zaliga kirishga bir necha marta uringani bilan bog‘liq mojarodan keyin ishdan ketgandi.
Mavzuga oid
21:55 / 23.07.2024
Trampga suiqasd ortidan AQSh maxfiy xizmati rahbari iste’foga chiqdi - OAV
08:37 / 26.07.2017
AQShda Maxfiy xizmat xodimi tasodifan o‘zini otib qo‘ydi
10:11 / 26.04.2017
Tramp Maxfiy xizmatga yangi direktor tayinladi
01:10 / 18.03.2017