«PSJ» «Barselona»ga qaqshatqich zarba berdi
«PSJ» futbol klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona»ni birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchratdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahs 4:0 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Anxel Di Mariya jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba berib hisobni ochdi. 40-daqiqada Yulian Draksler Marko Verrattining to‘p uzatishidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
60-daqiqada Di Mariya «Barselona» darvozasining chap to‘qqizligiga aniq zarba berib, hisobni yanada yiriklashtirgan bo‘lsa, Tomas Mene 71-daqiqada Edinson Kavaniga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi hamda u yaqin burchakni aniq nishonga oldi – 4:0.
Javob bellashuvi 8 mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:13 / 29.09.2024
«Palmer»da poker, «Barsa» 4 ta gol o‘tkazdi. Yevropada kun o‘yinlari
11:33 / 27.09.2024
«Barsa»da ajoyib start va katta muammo: ter Stegensiz qolgan jamoaning ahvoli qanday kechadi?
16:14 / 19.09.2024
YeChL evolyutsiyasi - «mitti yulduzlar» dunyo futbolini qay tariqa zabt etgani haqida
12:28 / 19.09.2024