Fan-texnika | 18:20 / 15.02.2017
7712
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota vodorodda harakatlanadigan barcha avtomobillarini qaytarib oladi

Foto: Toyota

Yaponiyaning Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi vodorod dvigateli o‘rnatilgan Toyota Mirai sedanlarini qaytarib olishi haqida e'lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya jami 2800 dona, ya'ni barcha ishlab chiqarilgan vodorod avtomobilini qaytarib oladi. 

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, ushbu yoqilg‘i elementida harakatlanuvchi kuch agregatining chiquvchi kuchlanishi ayrim harakatlanish tartibida elektrtizimning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasidan ortib ketishi ehtimol. Ushbu nosozlikni yo‘qotish uchun dvigatelni boshqarish dasturi qayta o‘rnatiladi. Rasmiy servis markazlarida amalga oshiriladigan bu xizmat yarim soatga yaqin vaqtni oladi va mutlaq bepul hisoblanadi. 

2014 yildan buyon 2800dan ortiq Toyota Mirai ishlab chiqilgan. Bu avtomobillar Yaponiya, AQSh, Yevropaning ayrim mamlakatlari va BAAda sotilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid