Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro hokimiyati xorijiy nashrlar xabariga raddiya berdi
15 fevral 2017 yilda ayrim xorijiy OAVlar “Hukumat uy buzish uchun yozni kutmadi” deya nomlangan noto‘g‘ri xabarni tarqatdi. Ushbu xabarda ko‘tarilgan masala yuzasidan Buxoro viloyati hokimiyati axborot xizmati aniqlik kiritish maqsadida xaqiqiy vaziyat bilan bog‘liq quyidagi axborotni ma'lum qilishga qaror qildi.
"Shuni ma'lum qilamizki, 2017 yil yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, tumanlar va shaharlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyatining aholisi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 20 yanvar 2017 yil qaror qabul qilgan.
Shu qarorni bajarish doirasida Olot tumani hokimligi tomonidan tuman hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu asnoda hokimlik tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uy-joylar atroflarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, uy-joylarni shaharsozlik va yong‘in xavfsizligi normalariga moslashtirish maqsadida ishchi guruhlari tuzilib, ish faoliyatini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Ishchi guruhlari tumandagi “Bunyodkor”, “Nonimas” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p kvartirali uylar atroflarida qurilgan kadastrda rasmiylashtirilmagan molxonalar, hojatxonalar, omborchalar hamda boshqa qo‘shimcha qurilgan binolarni buzish ishlarini olib borgan.
Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo‘shimcha qurilishlari shaharsozlik norma va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ishchi guruhining faoliyati davrida fuqarolar yashash uylarining birortasi buzilmagan. Faqatgina, ko‘p kvartirali uylarga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo‘shimcha binolar bartaraf qilingan.
Hozirgi vaqtda ob-havoning noqulay kelishi munosabati bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan", deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
13:02 / 21.08.2024
Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi
23:10 / 02.12.2019
Raddiya: Oreshkin O‘zbekiston 2020 yilda YeOIIga qo‘shilishini aytgani haqidagi xabar asossiz bo‘lib chiqdi
19:50 / 18.09.2019
Bosh vazir matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan soxta xabarlarga raddiya berdi
10:42 / 19.08.2019