Xayrulla Nuritdinov O‘zMTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Taniqli jurnalist va “Yoshlar” teleradiokanali sobiq direktori Xayrulla Nuritdinov Boqijonovich O‘zbekiston MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Nuriddinov kuni kecha MTRKda rahbar kadrlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda raisning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan.
Xayrulla Nuritdinov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1999 yilda “Jasorat” medali, 2005 yilda esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 2006-2017 yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rahbar tayinlangandi. O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan Xurshid Mirzohidov televideniyening yangi raisi sifatida tayinlandi.