Tohir Jalilov «O‘zavtosanoat»da rahbar lavozimga qaytdi
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining sobiq direktori Tohir Jalilov «O‘zavtosanoat» boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda «O‘zavtosanoat»dagi manba xabar berdi.
«Tohirjon Jalilov «O‘zavtosanoat» boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, u kompaniyadagi ishga qaytdi», — deyilgan xabarda.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, Jalilovni lavozimga qayta tayinlash buyrug‘i O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov tomonidan imzolangan.
1969 yilda tug‘ilgan Tohir Jalilov Toshkent texnika universitetini tamomlagan (1993 yilda). U O‘zbekiston avtomobil sanoatida 1998 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari lavozimida 2010 yilning noyabridan 2016 yil bahoriga qadar ishlagan, parallel ravishda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi bosh direktori ham hisoblangan.
Huquqni muhofaza qilish organlari GM Uzbekistan korxonasida tekshiruv o‘tkazmoqda
Mavzuga oid
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
17:48 / 26.04.2024
12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
15:05 / 15.04.2024