O‘zbekiston | 11:52 / 17.02.2017
25373
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda profilaktika: qidiruvdagi ikki nafar shaxs ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ichki ishlar organlari faoliyati, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qayd etib o‘tilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa bir qator tegishli idoralar hamkorligida har bir profilaktika inspektorining xizmat hududlariga hamkor tashkilotlarning vakillari biriktirilib, «Profilaktika kuni» tadbirlari o‘tkazildi. 

Korxona, tashkilot va o‘quv muassasalarida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Muqaddam sodir etilgan jinoyatlarni sodir etilish sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar keng omma e'tiboriga yetkazildi. Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasida o‘quv muassasalari va mahallalarda xalq bilan uchrashuvlar tashkil etilib, targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. O‘tkazilgan tadbir davomida ikki nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 

Barcha o‘quv muassasalarida o‘tkazilgan tadbirlar davomida o‘quv muassasalarida olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga qatnashishlari tekshirilib, muntazam o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tegishli ta'sir choralari ko‘rildi. 

Jumladan, Oltinko‘l tuman I.I.B. tomonidan o‘tkazilgan profilikatik tadbirlar davomida, tumandagi 57 mahalla fuqarolar yig‘ini, ta'lim muassasalari, 7 ta kasb xunar kollejlari va hududdagi  korxona va tashkilotlarda tushuntirish ishlari olib borildi. 

Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri. 
Andijon viloyat ichki ishlar Boshqarmasi 
matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Mavzuga oid