Jamiyat | 14:40 / 17.02.2017
10055
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Belaruslik jurnalist bashorati xato chiqqach gazeta yedi

Belarusning «Pressbol» sayti xodimi Vyacheslav Fedorenkov o‘z bashorati yozilgan gazetani yamladi. U 2016 yilda bu gazetada Minskning «Dinamo» xokkey klubi KXL pley-off bosqichiga chiqa olmasligini aytgandi va agar bashorati to‘g‘ri chiqmasa, gazetani yeyishga va'da bergandi.

Amalda esa uning prognozi to‘g‘ri chiqmadi — jamoa pley-off bosqichiga o‘tdi. Klub murabbiylari jurnalistga gazeta ko‘rinishidagi tortni yeyishni taklif etishgandi, ammo jurnalist o‘z va'dasini to‘liq ado etishni istadi.

Mavzuga oid