Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Kim Chen Namning o‘limida Pxenyanni aybladi
Janubiy Koreya hukumati KXDR yetakchisining to‘ng‘ich akasi Kim Chen Namning o‘limi ortida Pxenyan turibdi deb hisoblaydi. Bu haqida Koreya Respublikasi hukumat vakilining so‘zlariga asoslanib, Reuters ma'lum qildi.
"Biz 5 nafar gumondorning KXDRdan ekanini inobatga olgan holda, ushbu hodisa ortida Shimoliy Koreya rejimi turibdi, deb hisoblaymiz", - dedi hukumat vakili.
Ta'kidlash joizki, Malayziya milliy politsiyasining rahbar o‘rinbosari Nur Rashid Ibrohim Kim Chen Namning o‘limi munosabati bilan Vetnam va Indoneziya fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Bu ikki ayol Malayziya va KXDR fuqarolari bilan yaqindan tanish bo‘lgan. U 13 fevral kuni yana 4 nafar shimoliy koreyalik mamlakatni tark etgani haqida ma'lum qildi. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, yana 3 nafar shaxs qidirilmoqda, ulardan biri - KXDR fuqarosi.
Mavzuga oid
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
14:40 / 30.10.2024