«Barselona» prezidenti Luis Enrike bilan shartnoma haqida gapirdi
«Barselona» klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening mavsum yakunida jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi. U murabbiy Chempionlar ligasida «PSJ»dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramasdan bosh murabbiy lavozimidan chetlatish haqida umuman o‘ylamaganini aytib o‘tdi. Mutaxassisning jamoa bilan shartnomasi 2017 yilning iyunida yakuniga yetadi.
«Biz Luis Enrike bilan aprelda muzokaralarni o‘tkazishga kelishib oldik. Biz uchun kelishuvni uzaytirish – ustuvor hamda bizda «B» rejasi yo‘q.
Messi borasida esa ishqibozlar xotirjam bo‘lishlari mumkin. U qolishni xohlamoqda, biz ham u qolishini istaymiz. Hammasi yaxshi», - deya aytib o‘tgan Bartomeu TV3 efirida.
Mavzuga oid
13:15 / 28.04.2018
«Barselona» prezidenti Neymarni qaytarishga tayyor
19:17 / 02.03.2017
Video: Messi va Luis Enrike bir-biriga qo‘l berishni istamadi
17:41 / 17.02.2017
Messi jamoani kim boshqarishini istaydi?
13:52 / 15.02.2017