Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoycha uslub: voyaga yetmagan geymerlarga nisbatan komendantlik soati qo‘llaniladi
Xitoy hukumati kompyuter o‘yinlariga qaramlik bilan kurashish haqida qaror qabul qildi. Bu yosh geymerlarga taalluqli. Siyosatchilar 18 yoshga to‘lmagan o‘yinchilar uchun komendantlik soatini amalga tatbiq etishmoqda.
Hukumat voyaga yetmagan geymerlarga yarim tundan ertalabki soat 8ga qadar o‘ynashni taqiqlamoqchi. Bu qonun loyihasi mobil va boshqa devayslarni ham ko‘zda tutadi. Uning bajarilishi maxsus dasturiy ta'minot tomonidan nazorat qilinadi.
Avvalroq Xitoyda o‘yinchilar onlayn-o‘yinlarda ro‘yxatdan o‘tishlari jarayonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan foydalanishlari majburiy qilib qo‘yilgani, shuning uchun hukumat geymerlar faolligini kuzatib borishda hech qanday qiyinchilikka duch kelmasligi xabar qilingandi.
Bu jarayonda qandaydir qoidabuzarliklar ro‘y bersa dasturiy ta'minot geymerlarni o‘yindan chiqarib yuboradi. Yangi talablarni bajarishdan bosh tortgan kompaniyalar yoki jarimaga tortiladi, yoki butunlay yopiladi.
Yangi qonun loyihasi 2017 yilning martidan kuch kiradi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025